Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 26-modda. Asarlardan muallifning ismi-sharifini koʻrsatgan holda erkin foydalanish

Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi: oshkor qilingan asarlardan asl nusxada va tarjimada ilmiy, tadqiqiy, munozaraviy, tanqidiy hamda reklama bilan bogʻliq boʻlmagan axborot maqsadlarida koʻzlangan maqsadga mos hajmda iqtibos olish, shu jumladan gazeta va jurnallardagi maqolalardan parchalarni matbuot sharhlari shaklida takrorlash; oshkor qilingan asarlardan yoki bunday asarlarning parchalaridan taʼlim va oʻquv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda, ovozli va video yozuvlarda koʻzlangan maqsadga mos hajmda misollar tariqasida foydalanish; kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar yoki efirga uzatilgan yoxud kabel orqali yuborilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, shunday foydalanish muallif tomonidan maxsus taqiqlangan hollar bundan mustasno; omma oldida soʻzlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, maʼruzalar va shunga oʻxshash asarlarni koʻzlangan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish. Bunda ana shunday asarlarni toʻplamlarda chop etish huquqi muallifda saqlanib qoladi; kundalik voqealar jarayonida koʻrish yoki eshitish mumkin boʻlgan asarlarni ana shunday voqealarning sharhlarida fotografiya yoki kinematografiya vositalari yordamida efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish yoʻli bilan axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash yoki barchaning eʼtibori uchun yuborish. Bunda ana shunday asarlarni toʻplamlarda chop etish huquqi muallifda saqlanib qoladi; daromad olishni koʻzlamagan holda koʻzi ojizlar uchun qabariq nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, ana shunday takrorlash usullari uchun maxsus yaratilgan asarlar bundan mus