Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 30-modda. Asarlardan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, maʼmuriy va sudlov ishlarini yuritish maqsadlari uchun foydalanish

Asarlardan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, maʼmuriy va sudlov ishlarini yuritish maqsadlarini koʻzlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq toʻlamagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.