Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 36-modda. Mualliflik huquqining meros boʻyicha oʻtishi

Muallifning mulkiy huquqlari meros boʻyicha oʻtadi. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros boʻyicha oʻtmaydi. Muallifning merosxoʻrlari koʻrsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir. Merosxoʻrlarning ushbu huquqlari muddat bilan cheklanmaydi. Muallifning merosxoʻrlari boʻlmagan taqdirda, uning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklanadi. Agar asarga boʻlgan mualliflik huquqi bir necha merosxoʻrga birgalikda tegishli boʻlsa, asardan foydalanish tartibi ular oʻrtasidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda merosxoʻrlardan hech biri boshqa merosxoʻrlarning asardan foydalanishini yetarli asoslarsiz taqiqlashga haqli emas.