Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 37-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi

Asarlarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddatining tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. Ijtimoiy mulk boʻlgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.