Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari nusxalarini sotishda mualliflik shartnomasi, agar uning shartlari (dasturdan va maʼlumotlar bazasidan foydalanish shartlari) dastur yoki maʼlumotlar bazasi nusxalarida tegishli tarzda bayon qilingan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.