Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 6-modda. Mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan asarlar

Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlaridir: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar); drama va ssenariy asarlari; matnli yoki matnsiz musiqa asarlari; musiqali drama asarlari; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy sanʼatning boshqa asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar; joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlangʻich matn hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin boʻlgan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari; ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan boshqa asarlar.