Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 70-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi tartibi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonunning audiovizual asarlar prokati uchun haq olish huquqini nazarda tutuvchi 21-moddasining ikkinchi qismi va 49-moddasining ikkinchi qismi qoidalari ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin bir yil oʻtgach, amalga kiritiladi. Asarlar, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlaridan foydalanish uchun ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tuzilgan shartnomalar bunday shartnomalarning amal qilish muddati tugaguniga qadar oʻz kuchida qoladi hamda ularga nisbatan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning ular tuzilgan paytda amalda boʻlgan qoidalari qoʻllaniladi.