Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 10-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari

Nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond, muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻzlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishi mumkin.