Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga oʻxshamasligi kerak. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.