Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 2-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi

Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishish, maʼnaviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.