Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 22-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talab etiladigan hujjatlar

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar-organi aʼzolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini koʻrsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza; nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikki nusxada; taʼsis shartnomasi — nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) uchun; nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilishning bayonnomasi yoxud taʼsischining qarori (respublika nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi); joylashgan yeri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat; nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; tashabbuskor fuqarolarning roʻyxati; dastlabki mablagʻlar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun; vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun. Qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligining tasdiqnomasi; qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu ju