Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 35-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish oqibatlari

Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati sudning qarori bilan belgilangan muddatga toʻxtatib qoʻyilgan taqdirda uning ommaviy axborot vositalari muassisi tariqasidagi huquqlari toʻxtatib qoʻyiladi, unga ommaviy tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, xoʻjalik faoliyati, mehnat shartnomalari, oʻz harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash va jarimalar toʻlashga doir xarajatlar bundan mustasno. Agar nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini toʻxtatib qoʻyishning sud tomonidan belgilangan muddati mobaynida u oʻz faoliyatining toʻxtatilishiga sabab boʻlgan qoidabuzarlikni bartaraf etsa, mazkur muddat tugaganidan soʻng nodavlat notijorat tashkiloti oʻz faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti koʻrsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda uning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritgan organ bu tashkilotni tugatish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.