Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (aʼzolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (aʼzolari), shuningdek rahbar organlarning aʼzolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi.