Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari

Nodavlat notijorat tashkiloti: qonunchilik va taʼsis hujjatlariga rioya etishi; oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanishi, shu jumladan moliyalashtirish manbalari hamda maqsadlari toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlashi; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda oʻz rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat xizmatlari koʻrsatiladigan maxsus elektron platformasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlagan shaklda eʼlon qilib borishi; roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilishi (bundan siyosiy partiyalar mustasno) va uning vakiliga oʻtkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi; nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bogʻliq tashriflari uyushtirilishi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilishi; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olishi, shuningdek ushbu manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotni belgilangan tartibda eʼlon qilishi; roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart. Nodavlat notijorat tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekisto