Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.