Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi: qonunchilikning holatini, normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi; ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻshliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi; ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlash nuqtai nazaridan qonunchilikni xatlovdan oʻtkazadi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi; xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek boshqa davlatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi tajribani oʻrganadi; normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganadi; normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni, ularning oʻrnini qoplash miqdorlari va manbalarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga olib chiqiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi m