Normativ-huquqiy hujjat koʻrib chiqilganidan soʻng normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan qabul qilinadi. Qoidalari qonunda aks etgan qonunosti hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur boʻlganda u boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin. Davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qoʻllaniladi.