Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 36-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash

Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash: Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri; vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlariga nisbatan — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari; xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga nisbatan — tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi; viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi.