Notariat toʻgʻrisida 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notariat

Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir. Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.