Notariat toʻgʻrisida 15-3-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda; ushbu Qonun 15¹-moddasining oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda); notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda; notarius oltmish besh yoshga toʻlganda; notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. Litsenziyaning amal qilishini maʼmuriy sud tomonidan tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga koʻra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi: oʻz vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda; litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni adliya organi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; notarius tomonidan notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, notariusning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda notariatning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qil