Notariat toʻgʻrisida 15-4-modda. Litsenziyani bekor qilish

Litsenziyani bekor qilish notariusning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori bilan, litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining arizasiga asosan maʼmuriy sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy faoliyatini bajarish chogʻidagi harakatlari gʻayrihuquqiy deb topilganligini anglatmaydi, bundan notarial harakatlarni sud tomonidan haqiqiy emas deb topish hollari mustasno.