Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi. Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.