Notariat toʻgʻrisida 3-modda. Notarius qasamyodi

Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.