Notariat toʻgʻrisida 32-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsini aniqlash

Notariuslar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslar notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishilarning shaxsini aniqlaydi. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan kishining shaxsi uning shaxsiga nisbatan har qanday shubhalarni istisno etadigan pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud boshqa hujjatlariga asosan aniqlanishi kerak. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.