Notariat toʻgʻrisida 33-modda. Bitimlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqatini va yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish

Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.