Notariat toʻgʻrisida 42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish

Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi.