Notariat toʻgʻrisida 46-modda. Vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi

Notariuslar, vasiyatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza olingan taqdirda, shuningdek vasiyatnomani bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi yangi vasiyatnoma olingan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestriga bu xususda belgi qoʻyadi. Vasiyatnomani bekor qilish haqidagi arizaga qoʻyilgan imzo notarial shahodatlanishi lozim.