Notariat toʻgʻrisida 48-modda. Bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni

Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak. Biroq vasiyatnomalar va mol-mulkni garovga qoʻyish, turar joyni va boshqa koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar notariusga kamida ikki nusxada taqdim etiladi, ulardan bittasi notarial idoraning yigʻmajildlarida qoladi.

8-bob. MEROS MOL-MULKNING QOʻRIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KOʻRISH, MEROSGA BOʻLGAN HUQUQ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMALAR BERISH