Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi oʻziga maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni xabardor qilishi shart. Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora maʼlum qilish yoki xabar berish yoʻli bilan ham merosxoʻrlarni chaqirishi mumkin.