Notariat toʻgʻrisida 53-modda. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq berish

Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi. Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi.