Notariat toʻgʻrisida 54-modda. Meros mol-mulkni roʻyxatga olish va uni saqlash uchun topshirish

Meros mol-mulkning qoʻriqlanishi uchun notariuslar bu mol-mulkni roʻyxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxoʻrlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi. Meros tarkibida boshqarishni talab etadigan mol-mulk boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar merosni qabul qilib olgunga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda notarius meros boshqaruvchisini tayinlaydi. Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar meros mol-mulkni talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga berganlik yoki yashirganlik uchun va merosxoʻrlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.