Notariat toʻgʻrisida 55-modda. Meros mol-mulkni saqlaganlik uchun taqdirlash

Meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan boshqa shaxslar, agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.