Notariat toʻgʻrisida 61-modda. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish shartlari

Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish chogʻida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning bor-yoʻqligini, meros ochilgan vaqt va joyni, meros mol-mulkning tarkibi va joyini tekshiradi. Notarius merosdan shak-shubhasiz ulush olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini ham aniqlaydi.