Notariat toʻgʻrisida 64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish

Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyish va taqiqni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. Birlamchi bozordagi koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qoʻyish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi.

10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KOʻCHIRMALARNING TOʻGʻRILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TOʻGʻRILIGINI SHAHODATLASH