Notariat toʻgʻrisida 7-modda. Notarius faoliyatidagi cheklovlar

Notarius: ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga; shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish chogʻida vositachilik xizmati koʻrsatishga; faksimiledan foydalanishga va shaxsiy muhrni boshqa shaxslarga berishga, bundan uning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan davrga muhrni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga topshirishi mustasno; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda oʻz idorasi joylashgan hududdan tashqarida faoliyatni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmasdan turib oʻz faoliyatini amalga oshirishga ham haqli emas. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan cheklov davlat notarial idorasining boshqa xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.