Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki maʼmuriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyin boʻladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, dalillarni taʼminlaydi. Dalillarni taʼminlash maqsadida notarius guvohlarning koʻrsatuvlarini yozib oladi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlaydi.