Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim: ijro xatini yozayotgan notarius ism-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi; undirib oluvchining nomi va manzili; qarzdorning nomi va manzili, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; undirib olish amalga oshiriladigan muddat; undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan toʻlanishi kerak boʻlgan penya, foizlar; undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari; ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun); ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami; ijro xatini yozgan notariusning imzosi; notariusning muhri.