Notariat toʻgʻrisida 80-modda. Ijro xatini taqdim etish muddatlari va ijro xati boʻyicha undirib olish tartibi

Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, u yozilgan kundan boshlab uch yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin. Ijro xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini, shuningdek ijro xati boʻyicha undirishni tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.