Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro shartnomalarga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi. Notarius xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.