Oila kodeksi 10-modda. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish

Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etadilar. Oila aʼzolarining oʻz huquqlarini amalga oshirishlari hamda oʻz majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va oʻzga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.