Oila kodeksi 122-modda. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga taʼminot berish majburiyati

Ushbu Kodeksning 123—128-moddalarida koʻrsatilgan shartlar mavjud boʻlsa, voyaga yetmagan, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga taʼminot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek oʻgay ota va oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil va oʻgay qiz, doimiy tarbiyada boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.