Oila kodeksi 161-modda. Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish

Davlat bolalar muassasalarining tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish, agar ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan boʻlsa, shu muassasa joylashgan hududdagi vasiylik va homiylik organining roziligi bilan amalga oshiriladi.