Oila kodeksi 174-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash

Vasiylik va homiylik voyaga yetmaganlarga nisbatan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori bilan, voyaga yetganlarga nisbatan esa tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra belgilanadi.