Oila kodeksi 18-modda. Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida roʻyxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan eʼtiboran ular oʻrtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.