Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar: oʻzlariga tegishli boʻlgan aliment, shuningdek pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni olish; uy-joyga boʻlgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish; qonunchilikka muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar. Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ham egadirlar. Bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda etishga haqli.