Oila kodeksi 212-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti

Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Alohida hollarda nikohni qayd etish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi. Nikohni qayd etish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin. Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish toʻgʻrisida ariza beradilar.