Oila kodeksi 233-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini bekor qilish

Agar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi ikki va undan ortiq bir xil yozuvlar borligini aniqlasa, tiklangan yozuvlar oʻsha yozuv tuzilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bekor qilinishi mumkin. Agar topilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tugʻilgan sanasi, ota-ona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda jiddiy farq boʻlsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinadi.