Oila kodeksi 43-modda. Er-xotindan birining arizasi boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish

Agar er-xotindan biri: sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi. Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini boʻlish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga taʼminot berish uchun mablagʻ toʻlash haqida nizo mavjud boʻlsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.