Oila kodeksi 58-modda. Yot aralashmagan va yot aralashgan qarindoshlik

Aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh boʻlishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan boʻlsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa boʻlsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tugʻishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar oʻgay hisoblanadi. Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan boʻlgan bolalari oʻzaro qarindosh hisoblanmaydi.