Oila kodeksi 65-modda. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bolaning eng ustun manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnodir. Bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega. Bolaning ota-onasi boʻlmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlanadi.